Joriy yilning 30-yanvar kuni, Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabda Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi B.Yusupova tomonidan 30-yanvar O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 86 yilligi munosabati bilan “Xalqi bilan mangu birga yashaydi” mavzusida xotira kechasi va kitob ko’rgazmasi tashkillashtirildi.
Kechaga Ixtisoslashtirilgan maktabning kutubxonachisi D.Xalbaeva, jismoniy tarbiya o’qituvchisi A.Tatikov va shu maktabning o’quvchilari ishtirok etdi. Xotira kechasida B.Yusupova tomonidan muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning hayoti va ish faoliyati, Respublikamizning rivojlanishiga qo’shgan hissalari, xizmatlari haqida ma’lumotlar va foto lavhalardan iborat prezentatsiyasi ko’rsatilib o’tildi. Shuning bilan birga, Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi bo’lganligi, u mamlakatimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tiklaganligi, og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda yurtimizni jadal rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirganligi, birinchi Prezidentimiz o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirganligi, nafaqat, O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lganligi,
O’zbekiston Respublikasining rivojlanishiga qo’shgan hissalari va O’zbek modelini jahonga tanitgan inson sifatida alohida ahamiyatga ega ekanligi, vatanimiz va xalqimiz uchun qilgan ishlari haqida aytib o’tildi.
Kecha so’ngida o’quvchilar xotira kechasiga bag’ishlangan kitoblar ko’rgazmalari bilan tanishib chiqdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы