Joriy yilning 14-fevral kuni, Axborot-kutubxona markazida Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova tomonidan shoh va shoir Zahriddin Muhammad Boburning tavalludiga 541 yil to’lishi munosabati bilan markazimiz kitobxon yoshlari bilan birgalikda davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbatida Boburning asarlaridan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi. A.To’reniyazova tomonidan Zahriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi ya’ni Zahriddin Muhammad Bobur 1483-yili 14-fevralda Andijonda Umar Shayx xonadonida dunyoga kelganligi, u otasidan yoshligida yetim qolganligi, 12 yoshida taxtga oꞌtirganligi, u Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, o’sha mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boꞌlsa, oꞌzbek tilida yozilgan eng katta asari “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixshunos olimlari qatoridan joy olganligi haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Davra suhbati mazmunli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы