Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Oilalarda  kitobxonlik  madaniyatini yuksaltirish maqsadida ”Kitobxonlik oiladan boshlanadi”  g’oyasi ostida  “Kitobxon onalar” mavzusida davra suhbati  tashkillashtirildi.

Joriy yilning 27-fevral kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova va mutaxassisi B.Yusupova tomonidan oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida ”Kitobxonlik oiladan boshlanadi” g’oyasi ostida “Kitobxon onalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbat mehmoni “Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat ko’rsatgan qurilishchi” faxriy unvoni egasi  Nargul Xamraeva, Taxiatosh pedagogika kolledji yetakchisi Y.Orazimbetova va kolledj talabalari ishtirok etdi.

Suhbatni Axborot-kutubxona markazi direktori Nesibeli Sultanova ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarga tashakkur bildirib, bugungi kunda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha yurtimizda olib borilayotgan ishlar to‘g’risida fikr bildirdi va yoshlarga kitob o‘qishning foydali tomonlari, kitob o‘qish orqali kelajakda katta marralarni qo‘lga kiritish mumkunligi bo‘yicha tavsiyalarni aytib o’tdi.

Undan so‘ng, “Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat ko’rsatgan qurilishchi” faxriy unvoni egasi  N.Xamraeva o‘z so’zi navbatida hayoti davomida mehnat qilib, yurtimizning rivojlanishiga o‘zining hissasini qo‘shganligi, mehnat qilish orqali inson kamolotga etishi, shuning bilan birga kitobga bo’lgan mehri haqida aytib, azal-azaldan xalqimiz kitobni qadrlagani, uni avaylab asragani, kitob aqlni charxlaydigan, insonni ma’naviy dunyosini boyitadigan bebaho boylik ekanligini aytdi va kitobxonlarni qiziqtirish maqsadida o‘zining o‘qigan kitoblaridan, sevimli asarlaridan aytib o‘tdi.

 

Suhbat so‘ngida, kitobxonlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mehmonimiz tomonidan javoblar oldi.