Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

O‘zbek jadid adabiyotining namoyandalariga bag’ishlab «Unutilmas siymolar» mavzusida kitob taqdimoti va targ’ibot va tashviqot ishlari tashkillashtirildi

Joriy yilning 4-mart kuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan O‘zbek jadid adabiyotining namoyandalariga bag’ishlab «Unitilmas siymolar» mavzusida kitob taqdimoti va targ’ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Taqdimotga tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Nuroniy» jamg’armasi tuman bo‘limi, tumandagi umumta’lim maktablarining ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va kutubxonachilari ishtirok etdi.

Targ’ibot boshida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari B.Paluaniyazov taqdimotni ochib berdi va  jadid bobolarimizning tarix salnomalaridan o‘rin olganligi, ularning eng sara va hozirgi kunga qadar unutilmas ijodlari, jadidchilik bo‘lsa ijodlarining asosi sifatida harakatda bo‘lganligi, jadid bobolarimizning jadidchilik davrida barpo qilgan jamiyati asosida paydo bo‘lgan  imoratlar, teatr binolari, maktablar, kitoblari haqida keng turda aytib o‘tdi.

     

Taqdimotni Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova olib bordi. A.Vaysova tomonidan «Unutilmas siymolar» mavzusida jadid bobolarimizga bag’ishlangan prezentatsiya ko‘rsatilib o‘tildi. Prezentatsiyada jadidning kelib chiqish tarixi, uning ma’nosi haqida shuning bilan birga, A.Avloniy, A.Qodiriy, A.Fitrat, A.Chulpon, I.Ibrat, M.Behbudiy, Munavvar Qori, G’.Zafariy bobolarimizning jadidchilik davridagi harakatlari ularning hayot yo‘li va o‘sha davrdagi ijodlari, foliyatlari bo‘yicha ma’lumotlar prezentatsiya yordamida aytib o‘tildi.

Taqdimot davomida umumta’lim maktablarining ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va kutubxonachilari taqdimot haqida fikr bildirib, o‘z maktablarida jadid bobolarimiz haqida targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilishi haqida aytib o‘tdi.