Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Aholini kitobga jalb qilish, kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida “Moviy jomadon tashrifi” loyihasi tashkillashtirildi

Joriy yilning 1-mart kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun “Taxiatosh” sanatorisida dam oluvchilarning vaqtdlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida “Moviy jomadon tashrifi” loyihasi asosida ko’chma kutubxona tashkil etildi.

Bunda, sanatorida dam olayotgan nuroniy otaxonlar va onaxonlar uchun yangi adabiyotlar olib borildi. Shuning bilan birga, nuroniylarning talablariga ko’ra M.Yusufning “Shoir sevgisi” va Maxtumqulining “Maxtimquli” kitoblari etkazib berildi.

Sanatoriy dam oluvchisi G.Selchikov  “Maxtimquli” kitobidagi she’rlardan parchalar o’qib berdi va Maxtumqulining hayoti va ijodi haqida ma’lumotlarni aytib, shoirning kitoblariga qiziqishi, she’rlarini sevib o‘qishini aytib o‘tdi.