Joriy yilning 6-mart kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan 8-mart Xalqaro hotin-qizlar bayrami kuniga bag’ishlab “Millat tayanchisiz – Ayol” mavzusida bayram kechasi tashkillashtirildi.


Bayram kechasiga Mehnat dam olishidagi kutubxonachi opamiz G.Dauletnazarova, Maktabgacha va maktab taꞌlim bo’limiga qarashli 6-sonli maktab kutubxonachisi J.Duysenbaeva va 5-sinf o’quvchilari, 7-sonli Musiqa va san’at maktabining bahshichilik bo’limi ustozi J.Ilyasova bilan birgalikda “Tumar” folklor dutorchilar ansambili o’quvchilari, Axborot-kutubxona markazi Fondni to’ldirish, saqlash va qayta ishlov berish xizmati rahbari Z.Bekimbetovalar ishtirok etdi.


Kechani Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova ochib berdi va yig’ilganlarni bayram bilan tabriklab barcha opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ezgulik va go‘zallik bayrami 8-mart xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. Undan so‘ng, kechamiz mehmoni G.Dauletnazarova ham fikr bildirib, barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, bayram dasturini tashkillashtirganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.


Keyingi dasturda Maktabgacha va maktab taꞌlim bo’limiga qarashli 6-sonli maktabning 5-sinf o’quvchilari bayramga bag’ishlangan o‘zlarining she’r va qo’shiqlarini aytib o‘tdi. Undan so‘ng, 7-sonli Musiqa va san’at maktabining “Tumar” folklor dutorchilar ansambili o’quvchilari “Ironi” kuyi “Onajon” qoshig’ini ijro etdi.

Dutorchilar ansambli o‘quvchilarilarining kuy va qo‘shiqlar ijrosi bilan bayram dasturi yakunlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы