Joriy yilning 12-mart kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi B.Yusupova tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 6-sonli maktabda “Kitob – ma’naviyat sarchashmasi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatida maktabning 5-sinf o’quvchilari va kutubxonachisi J.Duysenbaeva ishtirok etdi.
B.Yusupova tomonidan kitoblar – maʼnaviyat sarchashmasi, maʼrifat yogʻdusi, madaniyat koʻzgusi ekanligini ayniqsa, kelajak avlodning ongu tafakkurini teranlashtirishda, aqlu idroki yanada oʻtkirlashib, oʻy-fikrlari tozarib borishida va maʼnaviy barkamollikka erishishida kitobning oʻrni beqiyos ekanligini aytib o’tdi va o’quvchilarni qiziqtirish maqsadida Axborot-kutubxona markazidagi kitoblar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Davra suhbati mazmunli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы