Joriy yilning 14-mart kuni, Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat maskanida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “2024-yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi PQ-113-sonli qarori ijrosi shuningdek, mamlakatimizda mo’tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko’rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o’rni va nufuzini oshirish, Yangi O’zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo’lida tashabbus va ibrat ko’rsatib kelayotgan xotin-qizlar faoliyatini targ’ib qilish maqsadida “Ezgulik-shiorimiz,ma’rifat-qurolimiz!” shiori ostida madaniy ma’rifiy tadbir o’tkazildi va Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.
Tadbirda mehmon sifatida Toshkent va Nukus shahridan tashrif buyurgan ijodkorlar ishtirok etdi va ma’naviyat ezgulik nishoni ekanligiga ta’rif berib o’tishdi, shuningdek kitoblarning hozirgi kundagi ahamiyati, kitob ma’naviyatning asosiy nishoni ekanligini ta’kidlab o’tishdi.
Tadbir so‘ngida mehmonlar kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishib chiqdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы