Joriy yilning 20-mart kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 21-mart Umumxalq milliy bayrami Navro‘z bayrami munosabati bilan «Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z!» mavzusida bayram kechasi tashkillashtirildi.
Bayram kechasiga Axborot-kutubxona markazi hodimlari, Taxiatosh tumani Kasb-hunar maktabi o‘quvchisi D.Qurbanbekov, 6-sonli maktab kutubxonachisi J.Duysenbaeva, maktabning 5-7 sinf o‘quvchilari va kitobxon onaxonlar ishtirok etdi.


Axborot-kutubxona markazi tomonidan ota-bobolarimizdan kelayotgan milliy taomlardan dasturxon bezatilib, milliy buyumlardan ko‘rgazmalar tashkillashtirildi.
Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova bayramga tashrif buyurgan mehmonlarni xalqimizning asrdan-asrga o‘tib, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni anglash shuning bilan birga yangi yil, yangilanish, yangi kun sifatida bayramlanadigan umumxalq milliy bayrami bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etib, o‘zining ajoyib tilaklarini bildirib o‘tdi.

Undan so‘ng, 6-sonli maktabning o‘quvchilari tomonidan Navro‘z bayramiga bag’ishlab she’rlari va «Qiz Minayim», «Bir go‘zal bahor» kuy-qo‘shiqlariga raqslar ijro etildi. Shuning bilan birga, Kasb-hunar maktabi o‘quvchisi D.Qurbanbekov tomonidan dombrada «Ko‘ngil to‘lqini» va «Ona» qo‘shig’i ijro etildi.

Bayram so‘ngida, mehmonlar milliy buyumlar bilan tanishib, noz-ne’matlar bilan yozilgan dasturxonga tashrif buyurdi.
Milliy taomlar, milliy bezaklar va mehmonlar ustidagi milliy kiyimlar bayramga yanada ko‘rk qo‘shdi va bayram kechasi go‘zal va mazmunli yakunlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы