Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Oila – muqaddas” mavzusida yaхshilik g’oyasi targ’iboti bo‘yicha “Oila – obod bo’lsa, davlat – obod bo’ladi”, “Erta nikohni oldini olish”  mavzularida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 28-mart kuni, Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 8-sonli maktabida   Taxiatosh Axborot-kutubxona markazi  Abonomentlar  va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati  mutaxasissi  B.Yusupova  va “Jayhun” MFY hotin-qizlar faoli J.Bekbergenova bilan birgalikda  xalqimiz, yoshlar va hotin-qizlar orasida “Oila – muqaddas” mavzusida yaхshilik g’oyasi targ’iboti bo‘yicha “Oila – obod bo’lsa, davlat – obod bo’ladi”, “Erta nikohni oldini olish”  mavzularida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatini 8-sonli maktab direktori I.Aralbaeva o’z so’zi bilan boshlab berdi. Mehmon sifatida “Jayhun” MFY hotin-qizlar faollari R.Bekbosinova, R.Matyakupova,  G.O’tepbergenova  va Milliy gvardiya psixolog inspektori G.Tlewmuratovalar ishtirok etdi.

Faol nuroniylarimiz hozirgi kunda yoshlarga – jamiyat hayotida bo’lib turadigan o’zgarishlar, kishilarning turmush tarzi, yashash va mehnat qilish sharoitlari, milliy ahloq me’yorlari, psixologiyasi, diniy e’tiqodlari ham oilaviy munosabatlarning ahloqiy, huquqiy, ijtimoiy mezonlariga ta’sir ko’rsatishini, hotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor va shart-sharoitlar haqida,  hozirgi kundagi dolzarb mavzular va shuning bilan birga kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitob o‘qish, savodhonlikni oshirish, ilimli va bilimli jamiyatda, oilada tinchlik va xotirjamlik bo‘lishi haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.

Suhbatda asosan yoshlar bilan birgalikda savol-javoblar va fikr-mulohazalar olib borildi.