Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitob bu – inson orqali ko’riladigan dunyodir» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

2024-yil 4-aprel kuni, Taxiatosh  tumani Axborot-kutubxona  markazi tomonidan axborot-kutubona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida «Kitob bu – inson orqali ko’riladigan dunyodir» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.  Kutubxonadan ko‘ra qadimiy maʼlumotlar ombori bo‘lmasa kerak. Bizni turli sarguzashtlarga olib boradigan, bilim beradigan va shu bilan birga kecha-yu kunduzlarimizni tashqi olamlarning tafsilotlari bilan to‘ldiradigan ham kitoblardir. Kitoblar tarixdan so‘zlaydi, kelajakka yo‘l ko‘rsatadi, yashashga o‘rgatadi.

Davra suhbatiga 4-sonli maktabning kichik yoshdagi kitobxon o’quvchilari  va  kutubxonachisi  O.Xasanova  qatnashdi. Davra suhbati davomida Axborot-kutubxona markazi hodimi J.Kadirbaeva kitobxonlarga shoir-yozuvchilarning audio disklarin va  Alisher Navoyining “Xamsa” asarini tanishtirib o’tti.

Kitobxon o’quvchilar o’zlari qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.