Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 16-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan askarlarni kitobxonlikka tortish, vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida 99651-harbiy qismda kitob ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Ko’rgazmada harbiy xizmatni o’tash uchun kelgen askarlar va harbiy qism vzvod komandiri o’rinbosari B.Buxarievlar qatnashdi. Ko’rgazmada yuzdan ortiq mahalliy va jahon adabiyoti namoyondalarining asarlari taqdim etildi. Ta’kidlash joizki, bu ko’rgazma askarlar o’rtasida kitobxonlikni yangi darajaga olib chiqishga katta xizmat ko’rsatadi. Ko’rgazma davomida askarlar o‘zlari qiziqtirgan savollariga Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan javoblar oldi.