Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitobxon oila» ko‘rik-tanlovi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 17-aprel kuni, Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda «Kitobxon oila» ko‘rik-tanlovi tashkillashtirildi.

Tanlovni tashkillashtirishdan maqsad, oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni dast avval oiladan boshlash kerakligi, oilalarda ota-onalar kitob o‘qish orqali o‘sib kelayotgan farzandlarin kitobga qiziqtirish, kitob mutolasiga jalb qilish, kitob o‘qigan har bir farzand kelajakda ilimli, bilimli, oilada va mamlakatda o‘z o‘rnini egallashi, moddiy va ma’naviy tomonlama muxtojlik sezmasligi, shuning bilan birga, hozirgi zamon ya’ni  internet davrida o‘sib kelayotgan bolalarning aqliy rivojlanishi telefon orqali emas balki, kitob mutolasi, ilim izlanish orqali rivojlanishi kerakligi nazarda tutilgan.

Tanlovga 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 1-katta guruhdagi ota-onalari va farzandlari ishtirok etdi.

Tanlovni 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori G.Kidirniyazova ochib berdi. Undan so‘ng, ushbu tashkilot metodisti B.Vaysova ishtirokchilarga o‘zining samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tanlov uch shartdan iborat bo‘lib, tanishtirish, savol-javob va «Farzandimga kitob o‘qib beraman» shartlaridan iborat bo‘lib, ota-onalar ushbu shartlar bo‘yicha bellashdi.

Tanlovni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova olib bordi.

2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori G.Kidirniyazova, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi B.Yusupova, 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 1-katta guruh tarbiyachisi G.Qurbanbaevalar ishtirokchilarni tanlov shartlari bo‘yicha baholab bordi.

Shartlar bo‘yicha yuqori ballarni to‘plagan H.Janabaeva 1-o‘rinni, Ch.Rejepova 2-o‘rinni, G.Seytova 3-o‘riinni egalladi. Tanlovdagi 1,2,3 – o‘rin egalariga va tanlovga faol ishtirok etgan barcha ota-onalarga «Fahriy yorliq»lar va 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti B.Vaysova tomonidan sovg’a tariqasida kitoblar, Axborot-kutubxona markazi tomonidan bolalar uchun sovg’alar topshirildi.

Tanlov so‘ngida, ota-onalar tomonidan tanlov qiziqarli bo‘lib o‘tkanligi, bo‘sh paytlarida bolalariga kitob mutola qilib berishini, shunday tadbirlarning tez-tez bo‘lib turishi, tanlovda ishtirok etib motivatsiya olganligini aytib, tanlovni tashkillashtirilganligi uchun minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdi.