Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Inson huquqlari – oliy qadriyat» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida» 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining amalga oshirish bo‘yicha joriy yilning 18-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida tuman IIB XPB profilaktika inspektori Kapitan Igamberdiev Raxat Kayipovich bilan birgalikda «Inson huquqlari – oliy qadriyat» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suxbatga Axborot-kutubxona markazi kitobxonlari va Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratovalar ishtirok etdi.

IIB Kapitani R.Igamberdiev tomonidan inson huquqlariga oid kodekslar va tushunchalar berilib, yoshlarning jinoyat yo’liga kirmasligi, huquqbuzarliklarni qilmasliklari ayni paytda ilim olishlari, ilim egallashlari natijasida kelajakda etuk inson bo‘lib etishib chiqishi, shu bois hozirdan ilim olib, kitob mutola qilishi kerakligi aytib o‘tildi.

Suhbat so’ngida, kitobxonlar qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.