Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  “Bu kitobni har bir inson o’qishi kerak” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

 

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 2024-yil 22-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Bu kitobni har bir inson o’qishi kerak” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi  mutaxasissi Aysara To’reniyazova olib bordi. Davra suhbatida Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 1-3-sonli maktab kutubxonachilari Raxatay Qutlimuratova, Gulrux Utemuratova, maktabning faol kitobxonlari ishtirok etdi.

Davra suhbatini tashkillashtirishdan maqsad yosh avlodni kitobga jalb qilish, uning ongini yanada takomillashtirish, fikrlash qobiliyatini oshirishdan iborat. Aysara To’reniyazova “Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilganligini, shu bois kitobga muhabbat, qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligini, inson madaniyati uning kitobida aks ettirilganligini ta’kidlab o’tdi.

Davra suhbati so‘ngida kitobxonlar kitoblar ko‘rgazmalari bilan tanishib chiqdi.