O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 2024-yil 23-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Inson kitob bilan, kitob inson bilan” mavzusida yosh ijodkorlar bilan uchrashuv kechasi tashkillashtirildi.

Uchrashuv kechasida mehmon sifatida Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 1-sonli maktab madaniyat fani o’qituvchisi Gulzar Jalimbetova va yosh ijodkor Sardor Yo’ldoshevlar bundan tashqari, 4-sonli maktab kutubxonachisi Asida Redjepova va yosh kitobxonlar ishtirok etdi.
Kechani tashkillashtirishdan maqsad, kitobxonlar orasidan yosh ijodkorlarni aniqlash, ularni qo’llab quvvatlash, ularning ijodlarini targ’ib qilish, shu borada kitobxonlikka tortishdan iborat.
Uchrashuv kechasida mehmonlarimiz o’z ijod mahsullaridan aytib, shuningdek, hozirgi kundagi kitobxonlikka bo’lgan e’tiborlar haqida o’z fikrlarini bildirib o’tishdi.
Uchrashuv kechasi mazmunli va qizqarli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы