O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va marifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi bilan hamkorlikda 2024-yil 24-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Zakovat bilimdonlari” mavzusida zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

O’yinni Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi Bibisara Yusupova olib bordi. Zakovat o’yinida Taxiatosh pedagogika kollejidan “Zukkolar”, Taxiatosh tumani Kasib-hunar maktabidan “Adolat”, Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabdan “Winners” jamoalari ishtirok etdi.

Taxiatosh tumani 99651-harbiy qism komandiri B.Buxariev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi mutaxasissi Gulnaz Reymova, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi Dilarom Utemuratovalar ha’yat a’zolari sifatida ishtirok etdi. Undan tashqari, Taxiatosh pedagogika kolleji yoshlar yetakchisi Yulduz Orazimbetova, Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachisi Dilfuza Xalbaeva va Taxiatosh tumani Kasib-hunar maktabi kutubxonachisi Muxabbat Babadjanovalar mehmon sifatida qatnashdi.
Hakamlar hay’ati baholash natijasiga ko’ra, to’plangan ballar e’lon qilinib, birinchi o’rinni «Winners» jamoasi, ikkinchi o’rinni «Adolat» jamoasi va «Zukkolar» jamoasi uchinchi o’rinni egalladi va Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom, Taxiatosh tuman 99651-harbiy qismi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы