Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  “Kitob – insonni ma’naviy komillikka yetaklovchi vosita” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 2024-yil 24-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob – insonni ma’naviy komillikka yetaklovchi vosita” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatini  Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Aysara To’reniyazova olib bordi. Suhbatda  Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 8-sonli maktabning kitobxon yoshlari va maktab kutubxonachisi Muborak Allayarova ishtirok etdi.

Aysara To’reniyazova tomonidan kitoblar maʼnaviyat sarchashmasi, maʼrifat yogʻdusi, madaniyat koʻzgusi ekanligi ayniqsa, kelajak  avlodning ongu tafakkurini teranlashtirishda, aqlu idroki yana-da oʻtkirlashib, oʻy-fikrlari tozarib borishida va maʼnaviy barkamollikka erishishida kitobning oʻrni beqiyos  ekanligini aytilib o‘tildi, shuningdek, kitobxonlarga Axborot-kutubxona markazidagi xizmat turlari va adabiyotlar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Suhbat davomida kitobxonlar tomonidan she’rlar aytilib, kuy navolar ijro etildi.