Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  “Moviy jomadon tashrifi” loyihasi tashkillashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi Nargiza Mamutova tomonidan 2024-yil 25-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Moviy jomadon tashrifi” loyihasi tashkillashtirildi.

Loyiha asosida, Taxiatosh tumani «Markaziy» mahalla fuqoralar yig’ini hududida yoshovchi Zulayxa Jangabaeva xonadoniga tashrif uyushtirildi. Tashrif chog’ida kitobxonga Axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘zbek va jahon badiiy adabiyotlaridan olib borildi.

Kitobxon Zulayxa Jangabaeva kitoblarning o‘z vaqtida etkazib berilishi, kitob orqali vaqtining mazmunli o‘tayotgani haqida aytib, Axborot-kutubxona markaziga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.