Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 70 yilligiga bag’ishlab she’riyat kechasi tashkillashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 1-sonli maktab bilan homkorlikda 2024-yil 25-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 70 yilligiga bag’ishlab she’riyat kechasi tashkillashtirildi.

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf oʻzining xalqchil, soddadil sheʼrlari bilan barchamizning yuragimizga yaqin. Respublikaning barcha hududlarida shoirning tavallud kunini keng miqyosda nishonlanmoqda.

Kechani  tuman  Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi Diloram Utemuratova olib bordi.

Tadbirda, Qoraqalpoq bolalar shoirasi Shirin Atamuratova, 1-sonli maktabning ma’naviyat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Zulfiya Tlewmuratova, maktabning ona-tili o’qituvchilari Diloram Qoshqarova va Maxsuda Tanirberdievalar, Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Aysara To’reniyazova   va kitobxonlar ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda bolalar shoirasi Shirin Atamuratova o‘zining hayot yo‘llari va ijod namunalaridan parchalar aytib o‘tdi.

 

Tadbir doirasida, maktabning faol o‘quvchilari tomonidan qiziqarli sahna ko’rinishlari, diltortar tarona va raqslar, shuningdek, shoir Muhammad Yusufning ijodidan she’rlar ijro etildi.