Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ming bir maqol, yuz bir jumboq” mavzusida tanlov tashkillashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Respublika Ma’naviyat va marifat markazi Taxiatosh tumani bo’limida 2024-yil 26-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ming bir maqol, yuz bir jumboq” mavzusida  tanlov tashkillashtirildi.

Tanlovni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tuman bo’limi rahbari Bayram Palwaniyazov va “Nuroniy” jamg’armasi Taxiatosh tuman bo’limi rahbari Amin Ersaidov ochib berdi.

Tanlovda  Tuman  Maktabgacha  va maktab ta’lim bo’limiga qarashli barcha maktab kitobxonlari ishtirok etdi. Shuningdek, Taxiatosh tumani prokurorining og’a yordamchisi Jadira Ajbanbetova, Taxiatosh tumani harbiy qismi komandiri Begzod Buxariev, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Nargiza Mamutovalar tanlovda ha’yat a’zolari sifatida ishtirok etdi.

 

Tanlov tanishtirish, topishmoq javobini topish, ifodali o‘qish shartlaridan iborat bo‘ldi.

Tanlov yakunida, ha’yat a’zolari tomonidan ishtirokchilarning shartlar bo‘yicha to‘plagan ballari hisoblanib e’lon qilindi. Unga ko‘ra, faxrli 1-o’rinni 5-sonli maktab o’quvchisi D.Sultanmuradov, 2-o’rinni 15-sonli maktab o’quvchisi M.Erminova, 3-o’rinni 3-sonli maktab o’quvchisi A.Djumabaevalar egalladi.

Tanlov g’oliblari va barcha ishtirokchilar Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Faxriy yorliq»lar bilan taqdirlandi.