Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Mutolaa qilib, sizga ham tavsiya qilamiz” mavzusida chellenj tashkillashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan t.me/taqiyatas_online_kitapxana telegramm kanalida onlayn kitobxonlarni kitobga qiziqtirish va kitob mutolaasiga jalb qilish maqsadida 2024-yil 22-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Mutolaa qilib, sizga ham tavsiya qilamiz” mavzusida chellenj tashkillashtirilgani e’lon qilindi.

Elonda, chellenj 22-aprel sanasidan boshlab, 26-aprel kuniga qadar davom etishi, ishtirokchi kitobxon sevimli kitobini keng turda yoritib berishi ko‘rsatib o‘tildi.

26-aprel chellenj muddatining so‘ngi kuni g’oliblar aniqlandi, unga ko‘ra, Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabning faol kitobxoni Adfiya Quralbaeva 1-o‘rinni, 3-sonli maktab kitobxoni Qutlimurat Mubarekov 2-o‘rinni, 3-sonli maktab kitobxoni Ramazan Paraxatov 3-o‘rinni  egalladi va Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Faxriy yorliq» bilan taqdirlandi.