Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi”ning yakuniy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 2024-yil 26-aprel kuni 22-26-aprel kunlari bo’lib o’tgan “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi”ning yakuniy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yopilish marosimida, faol ishtirok etgan tashkilotlar va kitobxon yoshlar, Axborot-kutubxona markazining mutaxassislari taqdirlandi. Bu borada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’linmasi, 99651-sonli Harbiy qism bo‘linmasi, Taxiatosh tumani pedagogika kolleji, Maktabgacha va maktab  ta’limi bo’limi tassarufidagi 1-3-4-6-9-sonli umumta’lim maktablarning maktab kutubxonachilari va faol kitobxonlari, Maktabgacha va maktab  ta’limi bo’limi tassarufidagi 2-3-sonli maktabgacha ta’lim bo‘limi metodistlari, kitobxon yoshlar Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Faxriy  yorliq”lar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida, Axborot-kutubxona markazi direktorii N.Sultanova tomonidan, “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlarning o’ziga xos, mazmunan tashkillashtirilishida hamkor tashkilotlarning o’rni alohida ekanligi, shu bois, tuman Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limiga va Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tassarrufidagi maktablarning maktab kutubxonchilariga o’z minnatdorchiligini bildirib, nafaqat kitobxonlik haftaligida balki, kundalik hayotimizda ham yoshlarni kitobga qiziqtirishimiz kerakligi, keyinchalik ham hamkorlikda birga ishlash bo’yicha takliflarni bildirib o’tdi va ishtirokchilar tomonidan maqullandi. Shuning bilan birga, maktablarda yoshlarning e’tiborini kitob o’qishga qaratish kerakligi, bu borada kutubxonachilarning o’rni alohida ekanligi takidlab o’tdi.

Taqdirlash so’ngida, yosh kitobxonlar o‘zlari yod olgan kitob haqida sh’erlarni aytib, sahna ko‘rinishlarini ko‘rsatib berdi.

 

Tadbir mehmonlari uchun kitobxonlar tomonidan tayyorlangan  kontsert dasturi taqdim etildi.