Joriy yilning 1-may kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 6-sonli maktabda kitobxonlarning aqliy zakovatini sinash, kitobxonlikka bo’lgan talab e’tiborini orttirish maqsadida «Zakovat-intelektual o’yini» tashkillashtirildi.
Zakovat o’yinini Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova olib bordi. Savollar turk yozuvchisi Aziz Nesinning kitoblaridan berildi.
6-sonli maktab kutubxonachisi J.Duysenbaeva ha’yat a’zosi sifatida qatnashdi.
Zakovat intelektual o’yinida «Zukkolar», «Bilimdonlar», «Yosh kitobxonlar», «Liderlar» jamoalari o’z-aro bellashdilar. Hakamlar hay’ati baholash natijasiga ko’ra to’plangan ballar e’lon qilinib, birinchi o’rinni «Yosh kitobxonlar» jamoasi, ikkinchi o’rinni «Liderlar» jamoasi va uchinchi o’rinni «Bilimdonlar» jamoasi egalladilar va diplom bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы