Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Qoraqalpoq so’z sa’natining taniqli vakillari, «O’zbekiston qaxramoni» Ibrayim Yusupovning 95 yilligi va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi «O’zbekiston qaxramoni» Tulepbergen Qayipbergenovning tavallud kunlariga bag’ishlab “So’nmas yulduzlar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 2-may kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona  markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri Qoraqalpog’iston madhiyasi matni muallifi, «O’zbekiston qaxramoni» Ibrayim Yusupovning 95-yilligi va O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi, «O’zbekiston qaxramoni» Tulepbergen Qayipbergenovning tug’ilgan kuni munosabati bilan “So’nmas yulduzlar” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Kechaga, Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 7-sonli maktab kutubxonchisi va kitobxon o‘quvchilari, shuningdek, markazimiz faol kitobxonlari, Axborot-kutubxona markazi Axborot- bibliografiya xizmati rahbari J.Qadirbaeva va Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati rahbari A.To‘reniyazovalar ishtirok etdi.

Suhbatda Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Qadirbaeva I.Yusupov va T.Qayipbergenovning hayoti va ijodidan ma’lumotlar berib o’tdi. Shuning bilan birga, kitobxonlar tomonidan I.Yusupov va T.Qayipbergenovning hayoti va ijodi haqida ko’plab ma’lumotlar va she’rlaridan parchalar aytib berildi.

Suhbat so‘ngida, 7-sonli maktab kutubxonachisi K.Soegbaeva Axborot-kutubxona markazi ijodiga omad tilab, o‘zining samiymiy fikrlarini va tilaklarini bildirib o‘tdi.