Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira-muqaddas, qadr-aziz” mavzusida davra suxbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 8-may kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira-muqaddas, qadr-aziz” mavzusida davra suxbati tashkillashtirildi.

Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 3-sonli maktab kutubxonchisi G.Utemuratova va markazimiz faol kitobxonlari qatnashdi.

Subatda N.Mamutova “O’zbekiston ikkinchi jaxon urushi davrida” kitobidan Ikkinchi jahon urishida fashizm ustidan qozonilgan tarixiy g’alabalar, ko’pmillatli O’zbekistonning  qo’shgan hissasi beqiyosligi, xalqimizning jang maydonlarida va front ortida ko’rsatgan yuksak jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhirlangan xotirlash va qadirlash G’alaba bog’i deb atalgan ushbu betakror kitob haqida aytib o’tildi. Shuningdek, xotirani asrash,  xotirani extiyot qilish bu bizning va avlodlar oldidagi ahloqiy burchimiz ekanligi, kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo‘lida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi kunimizni qadrlashga o’rgatishi, xotira bu tarix, u kechagi o’tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turishi, shu bois, inson o’z xotira boyliklarin qadirlashi keraktigi aytilib o‘tildi.

Suhbat so‘ngida, faol kitobxonlar o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.