Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Ibrayım Yusupov izbasarları» va «Tólepbergen Qayıpbergenov shıǵarmalarınıń bilimdanı» mavzusida tanlov tashkillashtirildi.

Joriy yilning 8-may kuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasi binosida Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasi, tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda «Ibrayım Yusupov izbasarları» va «Tólepbergen Qayıpbergenov shıǵarmalarınıń bilimdanı» mavzusida tanlov tashkillashtirildi.

         Bundan maksad, maktab o‘quvchilari orasida kitobxonlikni rivojlantirish, qoraqalpoq xalq shoiri I.Yusupov va qoraqalpoq xalq yozuvchisi T.Qayipbergenov asarlarini chuqurroq o‘rganish va maktab o‘quvchilari orasida keng targ’ib qilish, maktab fan o’qituvchilarining malakalarini yuksaltirish, yoshlarning ijodkorlik qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, fikrlash va so‘z nutqini boyitish, qoraqalpoq tili sofligini saqlash, so‘zlash va yozishda qoraqalpoq tilining imkoniyatlaridan keng foydalanish ko‘nlikmalarini shakllantirish va tarbiyalash, fikrlash qobiliyatini kuchaytirish va rivojlantirish, bolalarda esda saqlash qobiliyatini yuksaltirishdan iborat.

Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi G.Gadarova, Tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova, Tuman hoqimi maslahatchisi B.Perdebaeva tanlov shartlari bo‘yicha ishtirokchilarni baholab bordi.

Bunda, tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha umumta’lim maktablarining 8-11-sinf o‘quvchilari orasidan 1 o‘quvchidan ishtirok etdi.

         Tanlov 3-shartdan «Baxrubayt aytishi», «Shoirlar asarlarining bilimdoni», «Yosh kitobxon» she’r aytish shartlaridan iborat bo‘ldi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni 4-sonli maktab ishtirokchisi Qalbike Xalqnazarova, 2-o‘rinni 11-sonli maktabning ishtirokchisi Sahra Bazarbaeva, 3-o‘rinni 6-sonli maktab ishtirokchisi Madina Tursinbaevalar egalladi va Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan «Diplom» bilan taqdirlandi.

So‘ngra, barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik qag’ozi topshirildi.