Joriy yilning 16-may kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 4-sonli maktabda kitobxonlarning aqliy zakovatini sinash, kitobxonlikka bo’lgan talab e’tiborini orttirish maqsadida «Buyuk yurt farzandlari» mavzusida zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.
Zakovat o’yinini Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova olib bordi. Savollar turk yozuvchisi A.Nesinning kitobidan berilib borildi. Ha’yat a’zosi sifatida Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 4-sonli maktab kutubxonachisi A.Xasanova qatnashdi.
Zakovat intelektual o’yinida «Zukkolar», «Topqirlar», «Yosh bilimdonlar», «Qoraqalpoq yoshlari» jamoalari o’z aro bellashdilar.
Hakamlar hay’ati baholash natijasiga ko’ra to’plangan ballar e’lon qilinib, birinchi o’rinni «Qoraqalpoq yoshlari» jamoasi, ikkinchi o’rinni «Zukkolar» jamoasi va uchinchi o’rinni «Topqirlar» jamoasi egalladi va diplom bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы