Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitobxon onalar kuni» tadbiri asosida Halima Xudayberdievaga bag’ishlab xotira kechasi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 22-may kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «Kitobxon onalar kuni» tadbiri doirasida Halima Xudayberdieva xotirasiga bag’ishlangan xotira kechasi tashkillashtirildi.

Kechani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova olib bordi. Kechada mehmon sifatida «Abat ma’kan» MFY aholisi faol hotin-qizlari ishtirok etdi.

A.To‘reniyazova tomonidan Halima Xudayberdievaning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar shuningdek, Xudayberdievaning  O’zbekiston xalq shoiri, Hurmat belgisi va El-yurt hurmati ordeni sohibasi ekanligi, Xudoyberdiyevaning sheʼrlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilinganligini, Toʻfon Minnullinning «Alla» piessasi Xudoyberdiyevaning avtorlashtirilgan tarjimasida hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri sahnasida qoʻyilganligi haqida aytib o‘tildi.

Shu bilan birga tadbirda ishtirok etganlar Halima Xudayberdieva ijodidan she’rlar o’qib berishdi.