Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi bilan hamkorlikda “Jadidlar izidan” ko’rik-tanlovi tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 27-may kuni Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat  markazi tuman bo’limi bilan hamkorlikda  Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli umuta’lim maktablar o’rtasida “Jadidlar izidan” ko’rik-tanlovi tashkillashtirildi. Ko’rik tanlovda umumta’lim  maktablardan   8-9sinf o’quvchilari orasidan bittadan ishtirokchilar qatnashishdi. Tanlovni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi B.Yusupova olib bordi. Hakamlar ha’yati a’zolari sifatida Nuroniy jamg’armasi Taxiatosh bo’limi mutaxassisi N.Atiyazova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman  bo’limi  mutaxassisi G.Reymova va Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi D.Utemuratovalar ishtirok etishdi. Tanlov  2 shartdan iborat bo’lib, 1-shart test yechish, 2-shart savol javob shartlari. Tanlovda  I- o’rinni  16-sonli maktab o’quvchisi  Rustamova Dildora, II- o’rinni   2-sonli maktab o’quvchisi  Saburova  Adolatxon , III -o’rinni  14-sonli maktab o’quvchisi  Klichmedova Aynura  va 3-sonli maktab o’quvchisi  Abdisadikova Gulnozalar olishdi. G’oliblar diplom  va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.