Joriy yilning 12-iyul kuni, Taxiatosh tumani “Aydin jol” MFYda joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida «Biz bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!» shiori ostida «Ma’naviyat festivali» bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar koʻrgazmasi tashkillashtirildi.
«Ma’naviyat festivali»ga Toshkent va Nukus shaxarlaridan mehmonlar tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab, maktab yonida tashkillashtirilgan muzeyga sayoxat tashkillashtirdi va muzey ekspanatlari bilan tanishib chiqdi. So‘ngra, tadbirkorlar va tugaraklarning ko‘rgazmalari, shuning bilan birga, Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkillashtirilgan kitoblar ko‘rgazmasi bilan ham tanishib chiqdi.
Mazkur gʻoyani ilgari surishdan maqsad, ma’naviyatni aholi oꞌrtasida keng targʻib qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali yoshlarga yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida keng maʻlumot berish, ularda Vatanga boʻlgan muhabbat, xalqimizga sadoqat hissini yanada kuchaytirishdan iborat.
Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar o‘z ijodlaridan she’rlar, kuy-qo‘shiq, navolar va raqslardan ijro eti.
Yig’ilgan aholi kontsert dasturidan baxramand bo‘lib, ma’naviy hordiq oldilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы