Joriy yilning 11-iyul kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga «Aydin jol» MFYda istiqomad qiluvchi yoshlar tomonidan sayoxat tashkillashtirildi.
Tashrifdan maqsad, yurtimizning parloq kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni kitobxonlikka jalb qilish, kitob o‘qish orqali ma’naviyatini yuksaltirish, yozgi ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini kitob o‘qish bilan mazmunli o‘tkazishdan iborat edi.
Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan kutubxona haqida keng turda ma’lumot berilib, ko‘rgazmalar va ko‘rgazmadagi kitoblar, gazeta-jurnallar, kutubxonaning ish-faoliyati, foydalanuvchilarning kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi, shart-sharoyitlari, kutubxona fondi va undagi mavjud adabiyotlar shuning bilan birga kutubxonaning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati to‘g’risida ham ma’lumotlar berilib o‘tildi.
Sayoxat chog’ida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga kutubxona hodimlari tomonidan javoblar olishdi.
“Aydin jol” MFY yoshlar etakchisi Baxadir Djabbarbergenov aholini kitobxonlikga jalb qilish maqsadida kutubxonada yaratilayotgan shart-sharoitlarning a’lo darajada ekanliklari haqida aytib, yoshlarga ham kitob mutolaa qilishlarini tavsiya qildi.
Axborot-kutubxona markaziga «Aydin jol» MFYda yashovchi yoshlardan 28 nafari a’zo bo‘ldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы