Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

1-iyun “Xalqoralik bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram kechasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 1-iyun sanasida Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosi yonida “Bolalarga bering dunyoni” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirin tumani hokimi o‘rinbosari U.Aytimbetov ochib berdi va bayram bilan barchani tabrikladi.

O‘tkazilgan tadbirda tumanimizning maktabgacha  ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari ishtirok etib, ular orasida asfaltga rasm chizish tanlovlari, tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi va maktabgacha  ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rgazmalar tashkillashtirildi. Tadbir davomida rasm chizishda  maktabgacha  ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi va tuman 7-sonli musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan kontsert dasturi taqdim etildi.