Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Aydin jol» bolalar yozgi oramgohida kutubxona tashkillashtirildi.

Joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oramgohi aziz bolajonlarning  yozgi  tatilni maroqli o’tkazish maqsadida ish faoliyatini boshladi. Shu jumladan Taxiatosh tumani Axborot- kutubxona markazi tomonidan bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish, mutalоo madaniyatini rivojlantirish, fikrlashini yanada takomillashtirish  maqsadida kutubxona tashkillashtirildi. Oramgohga kelgan bolalar kutubxonaning tartib-qoidalari, kutubxonadagi mavjud burchaklari  bilan tanishtirildi. Shuning bilan birga kutubxona mutaxassisi N.Mamutova tomonidan bolalar 12 kun davomida kitoblardan o’qib foydalanishlari, kutubxonaning ish-rejasi asosida har-hil tadbirlarning bajarilishi  haqida aytib o’tildi. Bolalar bilan birgalikda qiziqtirgan kitoblari haqida suhbatlashildi. Suhbat so’ngida bolajonlar kutubxonadagi kitoblardan o’qib foydalanishdi.