Yozgi ta’til davomida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini kitob o‘qish bilan mazmunli o‘tkazish, ularni kitobxonlikga jalb qilish maqsadida tuman prokurori, 2-sektor rahbari B.Masharipov tashabbusi bilan, joriy yilning 27-iyun kuni, «Taxiatosh» MFY yoshlari uchun 9-sonli umumta’lim maktabida Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.
«Taxiatosh» MFY yoshlari va yoshlar etakchisi Ko‘mekbay Jumamuratov ko‘rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi.
K.Jumamuratov bugungi kunda yurtimizda yoshlar tarbiyasi, ularning kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda inson kamolotida kitoblarning ahamiyati, kasb-hunar egallashi uchun ham kitoblarga murojat qilinishi haqidagi fikrlarni aytib o‘tdi va yosharga kitob mutolaa qilishni tavsiya etdi.
Axborot-kutubxona markazi hodimi A.To‘reniyazova tomonidan ko‘rgazmadagi kitoblar haqida maʼlumotlar berilib, yoshlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы