Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Aydin jol» bolalarning yozgi oromgohida «Iqtidorlilar» mavzusida tanlov tashkillashtirildi.

Joriy yilning 16-iyul kuni, Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida  bolalarning iqtidorlarini aniqlash ularning iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida guruhlar o’rtasida «Iqtidorlilar» mavzusida tanlov tashkillashtirildi.

Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida Axborot- kutubxona markazi xodimi B.Yusupova, «Aydin jol» oromgohi bosh tarbiyachisi D.Babadjanova, Taxiatosh KTP doktori K.Dosjanova va Taxiatosh KTP xamshirasi B.Qulmuratova ishtirok etdi.

Tanlovda 1-guruh «Qaraqalpaq jaslari» jamoasi, 2-guruh » Do’stlik» jamoasi, 3-guruh «Ilumida» jamoasi va 4-guruh «Spartak» jamoalari Tanishtiruv, Parodiya, Evropa sa’nat yulduzlariga taqlid, Erkin mavzu shartlari bo‘yicha o’z-aro bellashdilar.

Ha’yat a’zolari natijasiga ko’ra, I o’rinni 77 ball bilan 3-guruh «Ilumida » jamoasi, II o’rinni 76 ball bilan 2-guruh «Do’stlik» jamoasi va III o’rinni 69 ball bilan «Spartak» jamoalari egalladilar.

G’oliblar diplom bilan taqdirlandi.