Joriy yilning 19-iyul kuni, Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohidagi bolalarni tabiat haqida va uni asrab avaylashni o’rgatish maqsadida «Tabiat – bizning kelajagimiz» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatida oromgohga dam olishga kelgan 1-guruh o’gil va qizlari ishtirok etdi. Suhbatni Axborot-kutubxona markazi xodimi B.Yusupova olib bordi.
Suhbat davomida B.Yusupova ota-bobolarimiz toza, ozoda tabiatni qoldirishganligini toza osmon, musaffo atmosfera, hatto mahallalar tozaligini ko’rsatib ketishganligini, tabiat haqida uni asrab avaylash va shu bilan birga uni himoya qilish haqida tushunchalarni aytib o‘tdi. Shuningdek, kutubxonadagi tabiatga bog’liq adabiyotlar bilan tanishtirib, ular haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Undan so‘ng, bolalar tabiat haqidagi she’rlar va hikoyalarini aytib berdi. Suhbat so‘ngida, bolalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы