Joriy yilning 22-iyul kuni, Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkillashtirilgan ko’chma kutubxona xodimi N.Mamutova tomonidan X.To’xtaboyevning «Shirin qovunlar mamlakati» kitobi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida N.Mamutova tomonidan X.To’xtaboyevning hayoti va ijodi, uning qiziqarli asarlari haqida aytib o’tildi va «Shirin qovunlar mamlakati» kitobi sarguzasht asar bo’lib bu kitobda ham Hoshimjon Ro’ziyev haqida gap ketadi, uning turli tuman sarguzashtlari haqida so’z boradi deya ma’lumotlar berilib o‘tildi.
Suhbatda 2-guruh bolalari va qizlari, guruh yetakchisi A.Erejepovalar ishtirok etdi. Guruh bolalari X.To‘xtaboyevning asarlaridan sevib o‘qigan kitoblari bo‘yicha aytib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы