Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani «Aidin jol» bolalar oromgohida «Kompyuter olamiga sayohat» mavzusida kompyuter savodxonligi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 24-iyul kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova tomonidan «Kompyuter olamiga sayohat» mavzusida kompyuter savodxonligi bo’lib o’tdi. Bunda, tumanimizning «Barkamol ovlod» bolalar maktabining «Yosh dasturchi» to‘garagi rahbari D.Buranova ishtirok etdi.

N.Mamutova tomonidan bolalarga S.I.Rahmonqulovaning «Kompyuter olamiga sayohat» kitobi haqida undagi kompyuter qurilmalari, texnikasi, dasturlash tizimlari, kompyuter viruslari va boshqada ko‘plab ma’lumotlar berilib o‘tildi.

Shuningdek, kompyuter haqida ko’pgina qiziqarli va foydali ma’lumotlarni bilib olishi hamda kompyuterda ishlashni o’rganishiga imkoniyatlar yaratilganligi aytib o’tildi. Berilgan ma’lumotlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida oromgohdagi kompyuter xonasidagi kompyuterlardan amalda foydalanib ko‘rishdi.

Bolalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.