Joriy yilning 29-iyul kuni, Taxiatosh tumanidagi harbiy qismda harbiy qismga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda »Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz» shiori ostida majmuaviy musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada 1-sektorga biriktirilgan mahalla yoshlari ishtirok etdi.
Musobaqa davomida Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Zakovat” intellektual oʻyini tashkillashtirildi. Zakovat natijalariga ko‘ra “Do‘stlik” mahallasi yoshlari g’olib bo‘ldi.
Undan tashqari yoshlar “Arqon tortushuv”, “Harbiy estafeta” va “Mohir mergan” shartlari boʻyisha oʻzaro bellashdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra “Doʻstlik” mahallasi g‘oliblikni qoʻlga kiritib, keyingi respublika bosqichiga yoʻllama oldi. Tadbir yakunida musobaqada qatnashgan yoshlar harbiy qism tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы