Joriy yilning 30-iyul kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Kitoblar bilan do‘stlashamiz” mavzusida tabiat qo’ynida mutolaa kuni bo’lib o’tdi. Bunda N.Mamutova tomonidan bolalarga kitob bilan do‘st tutinish, kitob bilan do‘st bo‘lsang aslo qoqilmaslik, u bilan eng yorug’ manzillarga, eng yaxshi yo‘llarga boshlashi va har doim bir qo‘lingizda kitob bo’lshi haqida aytib o‘tdi.
Suxbatdan so‘ng, har kim o‘zining sevimli kitobini ochiq havoda, tabiat qo‘ynida maroq va qiziqish bilan mutolaa qildi va kitobdan olgan ta’ssurotlari haqida aytib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы