Joriy yilning 2-avgust kuni, Taxiatosh tumani “Aydin jol” bolalar yozgi dam olish oromgohida bolalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish, iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida ko’chma kutubxona tomonidan “Vatanim – oltin tuprog’im” mavzusida rasm chizish tashkillashtirildi.
Axborot-kutubxona markazi xodimi B.Yusupova tomonidan Vatan – muqaddas dargoh, mo’jizali maskanlari bilan yuraklarga jo bo’lgan, har qarich yeri-yu, kaftdek tuprog’i zar, ko’zga gavhariligini, Ona yurt misli qimmatli Ko’hinur olmosi kabi Vatan ichida yashaguvchi farzandlar uchun shunchalik ardoqliligini, bulbul o’z tikonzorida yayrab sayraganidek, odamizot ham o’z ona tuprog’ida baxt osmonini quchmog’i mumkinligini, bu maskanning na bahosi va na qiyoslanuvchi qudrati borligini va Vatan azaldan muqaddas sanalganligini suvidan to giyohi qadar begona ko’zlardan himoyalanganligini aytib o‘tdi.
Rasm chizishga 3 va 4-guruh bolalari qatnashdi. Bolalar o‘z iqtidorlariga suyanib vatan deganda ko‘z oldidagi ta’ssurotlarini oq qog’ozga tushirdi va chizgan rasmlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы