Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani «Aydin jol»  bolalar oromgohida «Bolalar psixologiyasini rasmlar orqali aniqlash» mavzusida rasm chizish tashkillashtirildi.

Joriy yilning 20-avgust kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova tomonidan «Bolalar psixologiyasini rasmlar orqali aniqlash» mavzusida rasm chizish tashkillashtirildi.

Tadbir bolalar psixologiyasiga oid bo‘lganligi sababli oromgoh hamshirasi B.Qulmuratova ham ishtirok etdi. Uning aytishicha, chizilgan rasm bola kayfiyatini va ruhiy kechinmalarini oshkor qiladi. Uning turli holatlarda o’zini qanday tutishi, o’ziga ishonchi past yoki balandligini aniqlashni istasangiz uning rasmlariga ahamiyat berish kerakligi haqida aytib o’tdi.

Bolalar o‘zlari chizgan rasmlarini tasvirlab berishdi.