Joriy yilning 27-avgust kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish,”Kitobxonlik oiladan boshlanadi” g’oyasi ostida “Kitobxon onalar kuni” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatga mehmon sifatida kutubxonamizning eng faol kitobxoni K.Arazgilecheva va faol kitobxonlarimiz qatnashdi. Davra suhbatini markazimiz mutaxassisi B.Yusupova ochib berdi. Undan so‘ng, suhbat mehmoni K.Arazgilecheva hayoti va ijodi, kitobga bo’lgan mehri haqida aytib, shu kunga qadar o‘qigan kitoblari, o‘zida kuchli ta’ssurot qoldirgan sevimli asarlari haqida aytib shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodga kitobxonlik borasida o’z tavsiyalarini berib o’tdi.
Suhbat so‘ngida, B.Yusupova markazimiz faoliyati haqida, hozirgi kunda kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida tanlovlar tashkillashtirilayotganligi haqida ma’lumotlar aytib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы