Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 28-avgust kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Mustaqilliq – buyuk ne’mat” mavzusida Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli umuta’lim maktablari o’rtasida https://t.me/taqiyatas_online_kitapxana telegram kanalida insholar tanlovi o‘tkazilishi e’lon qilingan edi. Tanlov shartiga ko‘ra umumta’lim maktablari o’quvchilari o’zlarining mustaqilliq haqidagi fikr mulohazalarini yozishi va @T_kutubxona telegram manziliga jo’natishlari kerakligi va tanlovga yuborilgan insholar mazmuniga qarab baholanishi ko‘rsatilib o‘tilgan. Tanlov muddati tugagach, Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari J.Qadirbaeva va B.Yusupova tomonidan kuzatilib, baholanib borildi. Unga ko‘ra, I-o’rinni  6-sonli maktab o’quvchisi  Embergenova Zebo, II- o’rinni 6-sonli maktab o’quvchisi Nurullaev Aziz, III-o’rinni 6-sonli maktab o’quvchisi Raxatbaeva Malikalar egalladi.

G’oliblar diplom  va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.