Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Xon atlas» haftaligi doirasida «Xon atlasim – milliy g’ururim» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni tarannum etadigan, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan «Xon atlas» haftaligi doirasida joriy yilning 10-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan tumandagi 1-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchilariga xon atlas va adras matolari, ularning kelib chiqish tarixi, ishlab chiqarish texnologiyasi, dizayni to‘g’risida ma’lumotlar berilib, undan tikilgan liboslarning ayol-qizlarimizning chiroyiga yanada chiroy qo‘shishi haqida aytib o‘tildi.

Undan so‘ng, o‘quvchilarni qiziqtirish maqsadida «Kiyganim atlas ekan» hikoyasi aytib berildi.

Suhbat so‘ngida, o‘quvchilar o‘zbek milliy matolari va liboslari haqida bilgan va eshitganlari haqida aytib o‘tdi.