Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Xon atlas» haftaligi doirasida maktab muzeyiga tashrif uyishtirildi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos hususiyatlari mujassamligini namoyish etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida «Xon atlas» haftaligi tadbirlari davom etmoqda.

Ushbu munosabat bilan, joriy yilning 10-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Taxiatosh tumanidagi 4-sonli maktab binosida joylashgan Taxiatosh tumani Madaniyat bo‘limiga qarashli muzeyga tashrif uyishtirildi.

Tashrif chog’ida kutubxona hodimlari ipak tolalardan to‘qilgan, yorqin ranglar, tabiat jilosi, gullar tasvirini o‘zida mujassam etgan  o‘zbek milliy matolari atlas va adraslardan milliy liboslari bilan kirar ekan, muzey ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shdi.

Muzey ilmiy hodimi Abdijamilov Jaxongir tomonidan muzey ekspanatlari qatoridan joy olgan adras, atlas va beqasam matolaridan tikilgan milliy kiyimlar haqida ma’lumotlar berilib o‘tildi.

Kutubxona hodimlari muzeyga sayohati chog’ida, muzey ekspanatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi va ma’naviy hordiq oldilar.