Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Inson huquqlari – oliy qadriyat» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 17-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida tuman IIB JQX XPB profilaktika inspektori podpolkovnik Tleumuratov Usnatdin bilan birgalikda «Inson huquqlari – oliy qadriyat» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatni Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova o‘zining samimiy fikrlari bilan ochib berdi va Axborot-kutubxona markazida inson huquklariga oid tadbirlar tashkillashtirilayotganligi, bu esa har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini bilishi, qonun qoidalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari, yurtimizda huquqbuzarliklar va tartibizliklarning oldini olish bilan bog’liq ekanligini aytib o‘tdi.

Suhbatga Axborot-kutubxona markazi kitobxonlari va Axborot-kutubxona markazining hodimlari ishtirok etdi.

IIB JQX XPB profilaktika inspektori podpolkovnik Tleumuratov Usnatdin tomonidan inson huquqlariga oid kodekslar va tushunchalar berilib, huquqbuzarliklarning oldini olish, buning uchun o‘spirin yoshlarni bo‘sh ko‘ymaslik kerakligi, ularni sport, har-hil mashg’ulotlar, kitob mutolasiga jalb qilish orqali yoshlarning jinoyat yo’liga kirmasligi, shu sabab targ’ibot-tashviqod ishlari keng turda olib borilayotganligi haqida aytib o‘tildi.

Suhbat so’ngida, kitobxonlar qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.