2024-yil 12-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida axborot-kutubona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida «Kitob – ko’ngil chirog’i» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Kutubxonadan ko‘ra qadimiy maʼlumotlar ombori bo‘lmasa kerak. Bizni turli sarguzashtlarga olib boradigan, bilim beradigan va shu bilan birga kecha-yu kunduzlarimizni tashqi olamlarning tafsilotlari bilan to‘ldiradigan ham kitoblardir. Kitob katta qudrat egasi, insonning ruhiyatini tozalaydi, uni tarbiyalaydi, adolatga chorlaydi, haqiqatni sezish tuygʻusini yuksaltiradi, eshik ortidagi hayotni koʻrishga undaydi. Kitob oʻz mavqeyiga qarab qalbni tiriltiruvchi, shuurni uygʻotuvchi, haqiqatni bildiruvchi, insonni tarbiya qiluvchi, jamiyatni poklovchi bir omildir.
Davra suhbatiga 6-sonli maktabning kitobxon o’quvchilari va kutubxonachisi J.Duysenbaeva qatnashdi. Davra suhbati davomida Axborot-kutubxona markazining Abonament va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova kitobxonlarga “Tarbiya kitobi” haqida ma’lumot berib tanishtirib o’tdi.
Kitobxon o’quvchilar o’zlari qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы