Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

ꞌꞌKeksalar haftaligi ” doirasida  “E’zoz topgan nuroniy” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 11-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona  markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan ꞌꞌKeksalar haftaligi ” doirasida Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun «Taxiatosh» sanatorisida “E’zoz topgan nuroniy” mavzusida davra suxbati tashkillashtirildi.

Vazirlar maxkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o’rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qaroriga asos, keksalarni qo‘llab–quvvatlash, ularning jamiyatdagi o’rnini yanada oshirish maqsatida har yili oktyabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni o’tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan, sanatorining madaniy tashkillashtiruvchi hodimi Erimbetova Qunduz bilan otaxon va onaxonlarimizni tabriklash maqsadida suhbat tashkillashtirildi.

Kechada, nuroniy otaxonlar va onaxonlar uchun  yangi adabiyotlar olib borildi. Shuning bilan birga, dam olayotgan nuroniylarni kitobga qiziqtirish, vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida yangi adabiyotlardan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilib, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova tomonidan ko‘rgazmadagi kitoblar haqida qisqacha ma’lumot berildi va ushbu kitoblarni o‘qib ko’rishlari tavsiya etildi.

Davra suhbati davomida nuroniylarimiz o’zlari sevib o’qigan asarlari haqida o’z-aro fikr almashdi. Davra suhbati mazmunli bo’lib o’tdi.